Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘zdan lolalar undirgan shoir
17:51 / 2023-09-19

Nurafshon shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Men lolalar undirdim so‘zdan!” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, jamoatchilik vakillari, shoirning muxlislari ishtirok etdi.  

O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Sultonbekov so‘z olib, Abdulla Sherni qutlug‘ 80 yoshi bilan tabrikladi. Ma’lumki, Abdulla Sher (Sherov Abdulla) 1943 yil 5 avgust kuni Chinoz tumanida tug‘ilgan. 1970 yilda hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning ilk she’rlar to‘plami “Ko‘klam tabassumi” nomi bilan 1973 yilda nashr etilgan. Shundan keyin shoirning “Alyor”, “Atirgul soyasi”, “Roz”, “Kuz hiloli”, “Qadimgi kuy”, “Nuqtadan so‘ng”, “ Toqat” kabi she’riy to‘plamlari o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, Botir Ergashev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, shoir Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Bahodir Husanov, taniqli jurnalist Irismat Abduxoliqov va boshqalar shoirning ham ijodiy, ham tarjimonlik faoliyati haqida so‘zladi.  

Tadbirda kuy-qo‘shiqlar yangrab, adabiy kechaga fayz bag‘ishladi.  

A.Musayev,

O‘zA muxbiri.