Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“So‘zda, fikrda va ishda birdamlik” (+video)
16:18 / 2024-02-24

Jizzax shahridagi 30- sonli umumta’lim maktabida Milliy gvardiya faoliyatini Psixologik ta’minlash markazi mutaxassislari tomonidan “So‘zda, fikrda va ishda birdamlik, rahbar qadriyati va strategiyasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Trening mashg‘uloti ilg‘or zamonaviy psixotexnikalar qo‘llangan holda  tashkil etildi.  

Tajribali rahbarlar, psixologlar yosh rahbarlarda teran fikrlash, yangi usul va yondashuvlarni o‘rganish, yuqori maqsadlarga intilish, stressga bardoshlilik, barcha xodimlarga teng munosabatda bo‘lish, o‘zining xatti-harakatini to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantiruvchi tajriba va bilimlari  bilan o‘rtoqlashdi.  

Kunning ikkinchi qismida umumta’lim maktablariga biriktirilgan inspektor psixologar va maktab amaliyotchi psixologlari ishtirokida treninglar o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning ichki kechinmalarini anglash, o‘tish davrida ularning ruhiyatini o‘rganish va to‘g‘ri yo‘naltirishga ko‘mak berish, ota-ona va o‘quvchi o‘rtasidagi sog‘lom fikr, hurmat va mas’uliyatni anglatish xususida amaliy ko‘nikmalar berildi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rIznuEpMZvI" title="&quot;So‘zda, fikrda va ishda birdamilik&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shu kuni harbiy xizmatchilar va xodimlarning turmush o‘rtoqlari ishtirokida o‘tgan seminar -treningda oila muqaddasligi, er -xotin o‘rtasidagi munosabat, ishonch va bir- birini to‘ldirib turish, stressga tushgan vaqtda oilaning ko‘magi va farzandlarning tarbiyasida nimalarga e’tibor berish xususida fikr-mulohazalar almashildi.  

Psixologik trening davomida shaxsni anglash bo‘yicha turli qiziqarli o‘yinlar va savol-javoblar tashkil etildi.  

N.Rahmonova, A. Ahmedov (video), O‘zA muxbirlari