Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"So‘z" loyihasining she’riy-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
18:13 / 2025-11-20

Go‘zal badiiyatga yo‘g‘rilgan, teran ma’no-mazmunli she’riyat ruhiyatga taskin, sokinlik, ma’naviy quvvat bag‘ishlaydi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan poytaxtimizdagi “Renessans kino uyi"da tashkil etilgan ijodiy loyiha adabiyot, so‘z san’ati, nazm va navo muxlislarini bir maydon atrofida birlashdi.

Markaz rahbari Otabek Hasanov loyiha yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning jasoratli, haroratli so‘zlarini yoshlarga yetkazishga qaratilgani bilan diqqatga sazovor ekanini ta’kidladi.

Shu bois mazkur loyiha doirasida doimiy ravishda milliy kontentlar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylab kelinmoqda. 

Adabiy loyiha taqdimoti va she’riy konsert dasturiga ko‘plab yoshlar, ustoz ijodkorlar, atoqli shoir va yozuvchilar  keldi.  

Tadbir nazm oqshomi sifatida juda baland ruhda o‘tdi. Garchi tadbir yakuniga yetib qolgan bo‘lsa-da, yoshlar kino saroyini tark etishga shoshilmadi. Bu esa ularning milliy adabiyotimiz, she’riyatga bo‘lgan ixlosi, qiziqishi, mehri va havasidan darak beradi.  Zero, yoshlarimiz so‘zga, adabiyotga ixlos qo‘ysa, she’r eshitsa, o‘qisa, millat ma’naviyatli avlodlar bilan yuksaladi.

She’riy-konsertga hamohang tarzda rassom El Nurning o‘zlik, milliylik, inson ruhiyati va zamon tendensiyalari aks etgan badiiy  ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Yoshlarning xohishi va qiziqishlarini inobatga olgan holda bu loyiha kelgusida yana davom etadi, yangi bosqichga ko‘tariladi. Yangiliklar bilan loyihaning Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ham tanishib borish mumkin.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri