Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘z erkinligiga bag‘ishlangan yangi kitob nashrdan chiqdi
16:50 / 2021-05-01

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “So‘z, fikr va axborot erkinligi: xalqaro-huquqiy asoslar” nomli kitob nashr etildi.

 Yangi nashr 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni va ushbu sanaga asos solgan tarixiy Vindxuk deklaratsiyasining 30 yilligiga mo‘’jaz tuhfa bo‘ldi.  

“Inson huquqlari kutubxonasi” turkumiga mansub ushbu to‘plam Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tayyorlangan. Kitobga akademik Akmal Saidov mas’ul muharrirlik qilgan va so‘zboshi yozgan. Tuzuvchi va tarjimon – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Mirzo.  

To‘plamda BMT, YUNESKO, Xalqaro Qizil yarim oy Qo‘mitasi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi, Amerika davlatlari tashkiloti, Afrika davlatlari tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan 48 ta xalqaro-huquqiy hujjatning so‘z, fikr va axborot erkinligiga doir qoidalari jamlangan.  

Yangi nashrdan o‘rin olgan Raqamli texnologiyalar davrida fikrni ifoda etish va saylovlar erkinligi to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, Xalqaro raddiya huquqi to‘g‘risidagi konvensiya, Vindxuk Deklaratsiyasi, Yoxannesburg prinsiplari, Sofiya Deklaratsiyasi, Talluar Deklaratsiyasi kabi xalqaro hujjatlar, bir tomondan, milliy xavfsizlik, fikrni ifodalash erkinligi va axborotga ega bo‘lish borasidagi muhim qoidalari bilan mashhur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu hujjatlarning matni ilk bor o‘zbek tilida to‘liq holda taqdim etilayotgani ahamiyatlidir.  

To‘plam huquqshunoslar, jurnalistlar va shu sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan. Bu haqda  

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

   N.Usmonova,

    O‘zA