Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soyim Ishoqning tarixiy detektiv tetralogiyasi taqdimoti
17:28 / 2023-04-06

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi Soyim Ishoqning "Qiyomatga qolmagan qasos yoxud qabrdan chiqqan qul" nomli tarixiy detektiv tetralogiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yozuvchi Soyim Ishoq qalamiga mansub ushbu romanda Buxoro amiri Nasrullo hukmronligi davri qalamga olingan. Unda zulm va adolatsizlik haddan oshgan jamiyatda ham yaxshilik, adolat, imon va insofni unutmagan insonlar yashaganga, yaxshiliklar sohibi Yaratuvchi qudratining rag‘batlariyu marhamatlariga sazovor bo‘lishi, yomonliklarning esa, albatta jazoga mustahiqligiga ishora qilinadi. Shuningdek, hayotda yaxshilar, adolatpeshalar, insofli-diyonatli odamlar hamisha g‘olib bo‘ladi va to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qozonadi.  

Yozuvchi mana shu haqiqatni o‘quvchiga singdirish niyatida qalam tebratgan va bunga erisha olgan. Ushbu tetralogiya 4 qismdan iborat.  

Kitobni Qunduzxon Husanboyeva nashrga tayyorlagan. Unga adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev muharrirlik qilgan. To‘plam “Innovatsiya-Ziyo” nashriyotida chop etilgan.

Taqdimotda asarning mazmun-mohiyati borasida so‘z bordi. Yozuvchi qoldirib ketgan betakror romanlari va uning ijodi haqida fikrlar bildirildi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Soyim Ishoq – 1941 yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi O‘gat qishlog‘ida tug‘ilgan. U “Sirtdan tinch daryo”, “Yulduz ko‘kda so‘nadi”, “Osmon ustuni”, “Vafodor”, “Ko‘klam adog‘ida kuz”, “Ko‘hna qal’a afsonasi” kabi roman va qissalar muallifi.  

O‘zA