French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soydagi tosh qimmatga tushdi
09:05 / 2025-08-05

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida toshni qonunga zid ravishda tashiyotgan haydovchi qo‘lga tushdi. Bu harakati bilan u atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazgani aniqlandi.

Sariosiyo tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari To‘lqin Hayitovni (Ism-sharif o‘zgartirildi) tog‘lar etagidagi soyda o‘zining yuk mashinasiga tosh ortib, manzilga otlanganida huquqbuzarlikning oldini oldi.  

Mamlakatimizda tabiiy resurslar, o‘simlik va hayvonot dunyosi umumxalq boyligi sifatida belgilangan. Ularni talon-taroj qilish emas, aksincha, asrab-avaylash har birimiz uchun muqaddas burch sanaladi. Tabiat  boyliklarini noqonuniy o‘zlashtirishga harakat qilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.  

Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, To‘lqin Hayitovning o‘ylamay soydagi tabiiy resursga chang solgani ham qimmatga tushdi. Nazoratchilar holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismi bo‘yicha tegishli hujjat rasmiylashtirib, 4 million 120 ming so‘m jarima jazosi qo‘lladi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri