Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Soxta yuristlar" — jamiyat kushandasi! (+video)
09:12 / 2025-12-25

Shaxsiy mulohaza

Bugun istaymizmi, yo‘qmi kattayu kichik ijtimoiy tarmoqlar olamiga g‘arq bo‘lgandek ko‘rinadi. Ko‘cha kuyda, transportda, ishda, uyda foydali kontent bo‘lsada, ko‘zlarimiz shu telefon ekraniga muhrlangan. Unda o‘zimizga shu onda zarur bo‘lgan ma’lumotni qidirib, rasmiy-norasmiy, asosli va asossiz xabarlar, qisqa videolar olamiga soatlab kirib ketganimizni sezmay qolamiz.

Bu holatlarda albatta ishonchli ma’lumot chiqsaku, balki mushkulimiz yengillashar, ammo norasmiy, hatto noqonuniy ma’lumotlarga uchrab qolishimiz bizga qimmatga tushishi mumkin. Bunday ma’lumotlar asosan biron sohaga yangi kirib kelgan, qo‘shtirnoq ichidagi "ekspert"lar tomonidan, ijtimoiy tarmoqlarda qisqa muddatda mashhurlikka erishish, ko‘rishlar soni va obunachilar sonini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.

"Shaxsiy mulohaza" loyihasida professional, 20 yillik tajribaga ega huquqshunos Kamoliddin Baxavadinov bugungi savodli va savodsiz, chala ekspertlarning tavsiyalari ham fuqarolarga, ham jamiyatga qanchalar zarar keltirishi mumkinligi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/10YDR8IG4gU?si=JjbFP_QVHDckC17K" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA