English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soxta tadbirkor aniqlandi
13:06 / 2023-03-10

Shofirkon tumanida qonunga xilof tarzda faoliyat olib borgan tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha joriy yilning 2 mart kuni Shofirkon tumani hududida “Xavfsiz hudud” tadbiri o‘tkazildi. Tumanning Talisafet mahallasida yashovchi fuqaro D.B. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda qo‘lbola usulda tayyorlangan “juvoz” apparatini noqonuniy tarzda ishlatib kelayotganligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida 2 dona qo‘lbola usulda yasalgan juvoz apparati, 160 litr paxta chigitidan olingan sifatsiz yog‘ mahsuloti, 80 kilo omuxta yem mahsuloti tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Zarif Komilov, 
O‘zA