Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Soxta pasport” tadbiri amalga oshmadi
11:01 / 2022-10-04

Buxoro tumanida fuqarolarga soxta pasport tayyorlab berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Natijada fuqaro X.U. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kiradi. Ularga chet elga chiqish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘lsada, tanishlari yordamida 3 ming 600 AQSH dollari evaziga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi sifatida soxta pasport tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi chegara postidan o‘tkazib qo‘yishga kelishadi. Oldindan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA