Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soxta aviachiptalar aniqlandi
11:03 / 2022-05-08

Safarga otlangan kishi uchun sotib olgan chiptasi soxta chiqishidan yomoni yo‘q.

Lekin firibgarlik qilishdan or qilmaydiganlarga kimningdir aziyat chekishi ahamiyatsiz.

Urganch shahridagi “P.B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.Sh. va korxonaning norasmiy ishchisi X.X. 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirgan.  

Buning evaziga ularning har biridan chipta uchun 3-3,5 million so‘mdan pul olgan.

Jami 106,2 million so‘m va 200 AQSH dollari pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan bu shaxslar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA