Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘xlik ayol: "Shu kungacha “fuqaroligi yo‘q shaxs” maqomida edim"
09:55 / 2022-05-04

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 203 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, ularga pasportlar rasmiylashtirib berildi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning zamirida inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad mujassamligi barchani quvontiradi. Zotan, bu muqaddas zaminda inson qadrining yuksakligiga kundalik hayotimizda  har doim isbotini topmoqda.

- Salkam 30 yildirki, So‘x tumanida yashayman. Sobiq Ittifoq davrida qo‘shni Qirg‘izistondan kelin bo‘lib, So‘x tumanining Zangat mahallasiga tushganman. Shu kungacha “fuqaroligi yo‘q shaxs” maqomida edim. Ayni Ramazon hayiti kunlarida qo‘limga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olishim menga cheksiz baxt va quvonch bag‘ishlaydi, - deydi fuqaro Marhamatxon Sharipova.

Opaxon bugun quvonchdan ko‘z yoshlarini yashira olmaydi. Bu quvonch ko‘z yoshlari, chunki bu kunni Marhamatxon opa salkam 30 yil kutib yashadilar.

Tuman ichki ishlar bo‘limida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev opani ushbu unutilmas lahzalar va tarixiy kun bilan qutlab, fuqarolik pasportini tantanali tarzda topshirdi.

M. Sulaymonov, O‘zA