Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘xda zamonaviy majmua ishga tushdi
10:49 / 2021-11-01

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida so‘nggi ikki yilda keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, hudud yangicha qiyofa kasb etmoqda.

 Istiqbolli loyihalar ishga tushirilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojlanib, shahardan qolishmaydigan maskanlar soni ortyapti. Bu kabi ezgu ishlarda tadbirkorlarning salmoqli o‘rni bor.

Soybozor mavzesida qurilgan zamonaviy, ko‘rkam inshoot – dam olish maskani so‘xliklarga munosib tuhfa bo‘ldi. Investitsiya loyihasi asosida qurilgan mazkur majmua uchun tadbirkor Nazirjon Tohirov 5 milliard so‘m mablag‘ sarf etdi.

Taqdimot marosimida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev anklav tumanda amalga oshirilayotgan barcha ishlar Prezidentimizning alohida e’tibori va mehnatkash So‘x xalqining sa’y-harakatlari asosida bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

– Prezidentimiz tomonidan So‘x tumaniga, ayniqsa, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor va qonun asosida yaratib berilgan soliq imtiyozlari soha vakillarini obodlik va tuman rivojiga bo‘lgan hissalarini yanada oshiradi, tumanimiz yaqin kelajakda yirik, rivojlangan sanoat tumaniga aylanadi. Buning barchasini mana shunday saxovatpesha tadbirkorlarimiz bilan yelkama yelka turib, amalga oshiramiz, – dedi tuman hokimi.

– Mazkur majmua xalqimizga xizmat qilishi lozim, – deydi tadbirkor Nazirjon Tohirov. – Bizning asosiy maqsadimiz ham shu. Dam olish maskani, to‘yxona, o‘quv markazlarini o‘z ichiga olgan «Sohil» eshiklari barchaga ochiq.

Aytish lozimki, ayni kunda dam olish maskanida 8 ta fan bo‘yicha o‘quv markazi ham tashkil etilgan va 200 nafar o‘quvchi yetakchi mutaxassislardan saboq olmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA