Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘xda harbiylarga yangi uylar topshirildi
07:19 / 2022-05-31

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida harbiylar uchun qurib bitkazilgan yangi ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Lutfulla Buzrukov ishtirok etdi,

"Qizilqiyoq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi harbiy qismda “Farg‘ona me’mor qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etilgan, loyiha qiymati 21 milliard so‘m bo‘lgan yangi uy-joylar 68 nafar askar va zobitlarga taqdim etildi.

G‘aznov mahallasida “Mirzoqurbon” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilgan yangi uy-joylarda endilikda 32 nafar harbiylar oilalari istiqomat qilishadi.

Yashash uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bu uylarda tashkil etilgan maishiy xizmat markazlarida savdo do‘konlari, ayollar va erkaklar sartaroshxonalari, tikuvchilik sexi, zamonaviy oshxona mujassamlashgan.

Marosimda askar va zobitlar, kursantlarga sovg‘alar va kitoblar ham tuhfa tildi.

Xonadonlardagi yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning egalari bilan suhbatlashilgandan so‘ng nuroniy otaxonlar duoga qo‘l ochib, osmonimiz musaffoligi va shunday shodiyona kunlar bardavom bo‘lishi uchun ezgu niyatlar bildirdilar.

M. Sulaymonov, O‘zA