Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘xda Davlat xizmatlari markazi filiali ish boshladi
08:03 / 2022-05-10

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda shunday hududlar borki, ular viloyat, hatto tuman markazlaridan ancha olisda joylashgan. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda aholi qatlamlariga chuqurroq kirib borib, fuqarolarning dardu tashvishlari bilan birga bo‘lish niyatida ana shunday olis cho‘l va tog‘li hududlarda ham davlat xizmatlari markazlarining filiallari tashkil etilmoqda. 
So‘x tumanining markazdan olis, qatnov qiyin bo‘lgan hudud Tul qishlog‘ida davlat xizmatlari markazining filiali ish boshlashi fuqarolar uchun chinakamiga qulaylik yaratdi. 

80 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan So‘x tumanini quruqlikdagi orol deyish mumkin. Chunki, hududning to‘rt tarafi qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi chegara hududi bilan tutashgan.

[gallery-7018]

Baland tog‘ yon bag‘rida joylashgan 4 ming aholiga ega “Tul” mahalla fuqarolari yig‘ini tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikda. Bu yerli aholining davlat xizmatlarini olishda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi. Davlat xizmatlari markazi filialining faoliyat boshlashi aholining og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qildi. 

– So‘x tumani anklav va tog‘li hudud bo‘lganligi bois, qishda markazga borish uchun ancha qiyinchiliklar bo‘lishi sir emas, - deydi mahalla fuqarolar yig‘ini faoli Rustam Tojiyev. – E’tiborli jihati shundaki, qishning ayozli, yozning jazirama kunlarida yuzlab chaqirim masofadan keladigan fuqarolar uchun bu filial ayni muddao bo‘ldi. Endilikda filial nafaqat Tul qishlog‘i ahliga, balki jami 12 ming aholiga ega Lenbur, Devayron, Sohibkor, Qal’acha, G‘aznov qishloqlari fuqarolariga ham xizmat qiladi.

 

Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA