English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“So‘x voqealari” bo‘yicha 22 nafar shaxs sudlanmoqda
17:01 / 2020-11-16

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudida joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan “So‘x voqealari” bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Unda 22 nafar shaxs sudlanmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan sud majlisida davlat ayblovchisi ularga qo‘yilgan ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng sud tergovi boshlandi. Unda sudlanuvchilar so‘roq qilinib, ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayb e’lon qilingan. 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ulardan bir nafari voyaga yetmagan shaxs. Sudlanuvchi voyaga yetmaganning qonuniy vakili sudda ishtirok etmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi T.Vahobov raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.

M. SULAYMONOV, O‘zA