Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘x – millatlararo bag‘rikenglik qal’asining darvozalaridan biri
11:58 / 2024-12-06

O‘zbekiston bag‘rida yuzdan ziyod millat va elat tinch-totuv hamda ahil yashab kelayotgan dunyodagi oz sonli mamlakatlardan biridir. Davlat siyosati, xalq ma’naviyatida millatlararo bag‘rikenglik hamisha ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan.

Farg‘ona viloyatida aholisining yarmidan ko‘pi tojik millatiga mansub bo‘lgan So‘x tumani bor. Mahalliy aholiga ikki tilda so‘zlashuvchi bir xalq, deya ta’rif ham beradilar. Garchi tumandagi aksariyat maktablarda o‘qish tojik tilida bo‘lsa-da, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodi birdek o‘rganiladi. So‘xga Tojikiston Respublikasining ko‘plab davlat va jamoatchilik arboblari, shoir-u san’atkorlari tez-tez kelib turishlarining sababi ham shunda.

[gallery-20714]

Bu gal Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda So‘xga ishchi tashrifi maqomida keldi. O‘zbekiston Respublikasi Tojik milliy  madaniy markazi rahbari Gulandon Subxonova hamrohligida tumanda amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishdi. Ular mahalla fuqarolari yig‘inlari, ta’lim muassasalarida bo‘lib, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashdi. “Najot ilmda, baxt do‘stlikda” shiori ostida o‘tgan adabiy ma’rifiy kechada hozir bo‘lishdi.

– So‘x O‘zbekistonning boshqa shahar va tumanlari kabi chiroy ochib, yangilanib borayotganining guvohi bo‘ldik, – dedi elchi. – Ayniqsa, ta’lim muassasalarida tojik tilidagi saboq saviyasi, mahalla ahlining O‘zbekiston rahbariyati olib borayotgan siyosatdan roziligi bu ko‘hna zamin rivojiga asos bo‘layapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

– Millatlararo bag‘rikenglik ikki mamlakat Prezidentlari siyosiy irodasi tufayli kundan kun mustahkamlanib bormoqda, – dedi So‘x tumani hokimi Saidbahrom Saidmusayev. – So‘x ana shu do‘stlik qal’asining darvozalaridan biridir.

Mehmonlar “Yashil makon” loyihasi doirasida bir necha hududlarda ko‘chatlar o‘tqazishdi. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy byustiga gulchambar qo‘yib hurmat bajo keltirdilar.

Muhammadjon Obidov,  

O‘zA