Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘x bolalari Prezidentga minnatdorchilik bildirdi (+video)
14:41 / 2023-07-12

Yoz mavsumidan eng ko‘p quvonadiganlar bu – bolalar! Ularning sog‘lom, intellektual, salohiyatli, bilimdon va vatanparvar qilib tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor vazifasidir.

So‘x tumanida 33 ta maktab, 17970 nafar o‘quvchi bolalar bor. Ilgari bolalarning yozgi dam olishlari moslashtirilgan binolarda tashkil etilgan. O‘zbekiston Prezidenti So‘xni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish, so‘xliklarga esa bir qator imtiyozlar joriy etish haqida bir necha qarorlar qabul qildi. Uning ijrosiga qaratilgan dasturlardan biriga asosan So‘xning eng xushhavo maskanida ertaknamo yozgi bolalar oromgohi qurildi. Bu yil u ikkinchi bor o‘g‘il-qizlarni qabul qilmoqda.

–Rejaga ko‘ra 720 ta bolani sog‘lomlashtirishimiz kerak. Har bir mavsumda 180 nafar bolalar dam olishmoqda, - deydi oromgoh direktori Tavakkal Erkaboyev. –Farg‘ona shahri, Rishton, Oltiariq tumanlaridan ham bor. Lekin asosiy qism so‘xliklar.

 Darhaqiqat, bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan. Kuniga 4 mahal ovqat beriladi. Bolalar dasturxoni mazali taomlar qatorida yoz ne’matlariga ham to‘la.

O‘ndan ortiq to‘garak ishlab turibdi. Bunda bolaning qiziqishiga ustuvorlik beriladi. Ular kompyuter texnologiyalarini ham o‘rganishmoqda. San’at olamiga oshufta iqtidorlilar musiqa zalida yig‘iladi. Tasviriy san’at to‘garagi a’zolari esa So‘xning betakror manzaralarini chizishadi. Chet tillari, ayniqsa muloqot to‘garagiga dam oluvchilar orasida ehtiyoj katta. Ingliz, boshqa yevropa tillarini o‘zlashtirishmoqda.

Basseyn va futbol bolalarning jonu dili.

–Biz ko‘p o‘yinlar o‘ynaymiz, - deydi Po‘latjon Rahmonjonov. –Men shaxmat o‘ynashni shu yerda o‘rgandim. Kutubxonadan ertak, she’riy kitoblar olib o‘qidim. Shunday sharoit yaratib bergan prezidentimizga rahmat, deymiz.

–Mening ismim Anatoliy. Rossiyada tug‘ilganman, keyin ota-onam bilan So‘xga qaytib keldik. Bu yerda ko‘plab do‘stlar orttirdim. Kechki payt amfiteatrda o‘ynaymiz.

Bolalar yozgi dam olish maskani Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi diqqat e’tiborida. Oziq ovqatdan to biron-bir jihozgacha bekamu-ko‘st ta’minlab turilibdi. Bundan bolajonlarning ota-onalari ham xursand.

 –Ota-onalar kelib o‘zimiz ham bola bo‘lib qolsak edi, deyishmoqdi. Bunday sharoitlarni tushimizda ham ko‘rmaganmiz, bizning bolalarimiz uchun shu dam olish maskanini tashkil qilib bergan davlatimizga rahmat deb shukrona so‘zlarini aytmoqdalar, - deydi Tavakkal Erkaboyev.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/SvioH5ukpe8" title="So‘x bolalari Prezidentga minnatdorchilik bildirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif: Muhammadjon Obidov

Tasvirchi: Elyor Olimov.