Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sovuq urgan” sabzavotlarni iste’mol qilish zaharlanishga olib kelmaydi, ammo...
11:31 / 2023-12-13

Yurtimizda kuzatilayotgan sovuq havo oqibatida sabzavotlarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. Xo‘sh, bu kabi mahsulotlarni iste’mol qilish salomatlik uchun xavflimi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmatiga ko‘ra, har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga ega bo‘lishi, davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Ya’ni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan ma’lum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.  

Havoning keskin sovib ketishi natijasida bozordagi ayrim sabzavot va meva mahsulotlarini sovuq urishi ehtimoli yuqori bo‘lib, bu mahsulotlar o‘zining organoleptik xususiyatlari – mazasi, ta’mini yo‘qotadi va iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi.  

Albatta, ular zaharlanishlarga olib kelmaydi, lekin barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va ularning muzdan tushgandan keyin saqlash muddatlari keskin kamayib ketadi.  

 

M.Qosimova, O‘zA