Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sovuq ob-havoda ko‘chaga chiqmasdan onlayn davlat xizmatlaridan foydalaning
09:57 / 2023-01-11

Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalanish mumkin.

Masalan, my.gov.uz orqali pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza topshirishi;

Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirishlari;

Turmush quradigan yoshlar esa keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirishi  mumkin.

"Litsenziya" (http://license.gov.uz/) axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli bo‘lgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.

Shu o‘rinda biznesni oson va tez boshlash uchun new.birdarcha.uz  orqali uydan chiqmagan holda amalga oshirish imkoni yaratilgan.

Elektron xizmatlardan foydalanib, sovuq havo sabab yo‘llarda yuzaga kelgan tirbandliklar, sirpanchiq yoki qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi, avtobus kutib qolib, «sovuq o‘tishi» kabi dilni xira qiladigan holatlarga duch kelmaysiz. 

                                                                             O‘zA