Sovrin jamg‘armasi 1,2 mlrd so‘mlik «TUIT bright future week» haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim, ilm-fan va talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular o‘rtasida sohaviy musobaqalarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi sovrin jamg‘armasi 1,2 mlrd so‘mlik «TUIT bright future week» haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
21–23 may kunlari haftalik doirasida «United Clean Coders» xakatoni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy universiteti, INHA, Alfraganus, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kabi 13 ta oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan 96 ta ishtirokchi 32 ta jamoa bo‘lib ishtirok etishdi.
Xakatonning yo‘nalishlari:
– Ijtimoiy sohalarda (ta’lim, tibbiyot va h.k.) raqamli texnologiyalar;
– Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
– Raqamli qishloq xo‘jaligi.
Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda «Clean code» tamoyillariga alohida e’tibor berilmoqda.
Mazkur haftalik bugun, 24 may kuni o‘z ishini yakunlaydi.
O‘zA