Sovitkich masalasidagi bahs adolatli tarzda yechimini topdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S. shahar markazidagi savdo majmualaridan 3 million 500 ming so‘mga sovutgich xarid qildi. Bir necha kundan so‘ng sovitkich ishlamay qolgan. Fuqaro sotuvchiga murojaat qilmoqchi bo‘lsa ham, sotuvchi uni eshitishni rad etdi.
Shundan so‘ng N.S. amaliy yordam so‘rab Shahrisabz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga murojaat qildi.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, iste’molchi va sotuvchining huquq hamda majburiyatlari, amaldagi qonun va qonun hujjatlari asosida batafsil tushuntirildi.
Natijada, 3 million 500 ming so‘mlik nosoz sovitkich yangi yaroqli mahsulot bilan almashtirildi.
Murojaat o‘z vaqtida va adolatli hal etilganidan iste’molchi mamnun bo‘ldi.
Aslida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining asosiy maqsadi ham shu har bir fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlarini himoya qilish hamda ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdir.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri