Dilshodbek Ilxomjon o‘g‘li XOMIDOV katta o‘qituvchi Qoʻqon universiteti Andijon fililali Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada Sovet davlatining 1953–1991-yillardagi qatag‘on siyosati va uning O‘zbekiston aholisiga nisbatan amalga oshirilishi masalasi yoritilgan. Asosan 1937–1938-yillardagi “Katta terror” hamda 1940–1950-yillardagi qatag‘onlar o‘rganilgan bo‘lsa-da, maqolada mustaqillik yillarida deyarli tadqiq etilmagan keyingi davr qatag‘onlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek 1953–1991-yillarda “sovetlarga qarshi targ‘ibot va tashviqot” aybi bilan jazoga tortilgan o‘zbekistonlik shaxslar haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari milliy mustaqillik g‘oyalari, sovet mustamlakachilik siyosatiga qarshi fikrlar, diniy va milliy harakatlar sababli ta’qib qilingan shaxslar faoliyati yoritilib, Sovet davlatining qatag‘on siyosati Stalin vafotidan keyin ham to‘xtamagani ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: qatag‘on siyosati, sovetlarga qarshi targ‘ibot, milliy mustaqillik, O‘zbekiston SSR, qatag‘on qurbonlari.