English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soutxend aeroportidagi samolyot halokati tafsiloti e’lon qilindi
13:56 / 2025-07-15

Yakshanba kuni Londondagi Soutxend aeroportida samolyot halokatga uchragani to‘g‘risida xabar berilgan, ammo voqea tafsiloti to‘liq ochiqlanmagan edi.

Britaniya OAV ma’lum qilishicha, falokat oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan.

BBC nashri politsiya qurbonlar haqidagi ma’lumotni hamon rasman tasdiqlamayotganini yozgan.

Niderlandiyaning “Zeusch Aviation” kompaniyasiga tegishli 12 metrli "Beech B200 Super King Air" samolyoti Lelistad shahri aeroportiga uchishi kerak edi.

Aviakompaniya SUZ1 reysi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqladi va jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.

Voqeaga oid video lavhada samolyot qulagandan so‘ng yirik yong‘in chiqqani aks etgan. Internetda tarqalgan suratlarda ham kuchli alanga, qora tutun ko‘tarilgan.

Soutxend aeroporti ma’muriyati fojiasi munosabati bilan havo yo‘li keyingi ma’lumotgacha yopiq qolishini bildirdi.