Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sorali” kanali qayta tiklanmoqda
15:26 / 2026-01-28

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi “Sorali” xo‘jaliklararo kanalida rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Mazkur kanal 1970 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning umumiy uzunligi 7 kilometrni tashkil etadi. Kanalda jami 35 ta gidrotexnik inshoot mavjud. Loyihaviy suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 2,5 kub metr bo‘lib, inshoot “Kerder” kanali orqali suv oladi hamda 2943,2 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlaydi.

[gallery-27334]

Qayd etilishicha, shu kunga qadar kanalda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagani sababli uning suv o‘tkazish qobiliyati keskin pasaygan. Natijada foydali ish koeffitsiyenti 65–70 foizgacha tushib ketib, fermer xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida suv tanqisligi yuzaga kelgan. Bu holat qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.

Ayni paytda ob’ektda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, suv oqimining tezligi oshishi va filtratsiyaning oldi olinishi hisobiga yiliga o‘rtacha 2,4 million kub metr suv tejalishi kutilmoqda. Natijada 2943,2 gektar yer maydoni kafolatli suv bilan ta’minlanib, qishloq xo‘jaligida hosildorlik oshishiga zamin yaratiladi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA