Elektr energiyasi yordamida yuradigan avtomobillar chiqarish bilan faqat amerikalik Ilon Mask shug‘ullanayotgani yo‘q. Bu istiqbolli bozor ko‘pgina davlatlarni, gigant avtomobil korxonalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayni payt avtomobil sanoati yaxshi rivojlangan dunyoning barcha mamlakatida avtomuhandislar elektromobil yaratish ustida bosh qotirib, qizg‘in izlanishmoqda.
Kuni kecha yaponlar ushbu jarayondan aslo chetda qolish niyati yo‘qligini namoyish qilishdi. Yaponiyaning “Sony Vision-S” elektromobili Yevropa yo‘llarida paydo bo‘ldi.
Elektromobil harakati aks etgan videorolik kompaniyaning “YouTube”dagi rasmiy kanalida namoyish qilingan.
“Sony Vision-S” 2020 yil oxirida Avstriya yo‘llarida sinab ko‘rildi. Ushbu mamlakat raqami bilan ro‘yxatga olingan avtomobil nafaqat shahar chekkasidagi trassalarda, balki shahar ko‘chalarida ham harakatlangan.
Birinchi namuna o‘zi boshqariluvchi (avtopilot) tizim bilan ta’minlangan va mashinaga kamera, sensor va lidar o‘rnatilgan. Elektromobil simsiz tarmoq bo‘yicha 5G tizimiga ulangan.
“Vision-S” har biri 272 ot kuchiga ega ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Sedan soatiga 240 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.
Yaponlar yaratgan ushbu elektrokar ilk bor 2020 yilda bo‘lib o‘tgan “CES” ko‘rgazmasida namoyish qilingandi. “Sony” muhandislari elektromobil sinovi 2020 yil oxiigacha yakunlanishini ma’lum qilishgan. Mahsulot qachon bozorga chiqarilishi oshkor etilmagan.
O‘zA