Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi yillarda Xitoyda elektromobillar narxi arzonlashdi
10:37 / 2021-11-08

2011 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan vaqtda Xitoyda elektromobillarning o‘rtacha narxi 47 foizga arzonlashdi, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Bu haqda “Xitoy avtomobillari” portali orqali “Jato Dynamics” kompaniyasi ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, 2021 yilning to‘qqiz oyida 1,8 millionta elektromobil sotilgan, bu esa, jami avtomobil sotuvining 12,4 foiziga teng.

“Volkswagen”ning barqaror rivojlanish kengashi a’zosi Ye Si elektromobil savdosi faollashuvi va narx tushishida davlatning qo‘llab-quvvatlovi muhim o‘rin tutganini aytdi.

2009 yildan boshlab zararli gazlarni kamaytirish doirasida Xitoyda elektromobil ishlab chiqaruvchilariga turli subsidiyalar berilmoqda.