Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Son Hyon Min nega Oʻzbekistonga qarshi oʻynamaydi?
11:44 / 2018-11-05

“Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min Janubiy Koreya terma jamoasining navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi.


“Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min Janubiy Koreya terma jamoasining navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi, deb yozadi Tribuna nashri.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu futbolchini Avstraliya va Oʻzbekistonga qarshi bahslarga chaqirmaydi. Bu “Tottenhem” klubi bilan Koreya futbol assotsiatsiyasi oʻrtasidagi kelishuvga asosan yuz berdi. Sabab sifatida esa, Son Hyon Min majburiy harbiy xizmatdan ozod boʻlish uchun terma jamoa bilan avgust oyida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etganligi koʻrsatilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi 17-noyabr kuni Avstraliya, 20-noyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazadi.Uchrashuvlar Avstraliyaning Brisben shahrida boʻlib oʻtadi.