Somalidagi terakt natijasida 20 kishi halok boʻldi
Somali poytaxti Mogadishoda 4 ta avtomobil portlatilishi oqibatida kamida 20 kishi halok boʻlgan, 17 kishi jarohatlangan.
Somali poytaxti Mogadishoda 4 ta avtomobil portlatilishi oqibatida kamida 20 kishi halok boʻlgan, 17 kishi jarohatlangan.Maʼlum qilinishicha, Portlashlar “Sahafi Hotel” mehmonxonasi yonida sodir etilgan. Xavfsizlik kuchlari mehmonxona hududiga portlash oqibatida devorda hosil boʻlgan darcha orqali kirmoqchi boʻlgan 4 jangarini yoʻq qilishgan. “Bosqinchilar mehmonxonaga kira olmagan boʻlsa-da, portlashlar oqibatida devor ortida koʻp odam halok boʻldi”, deb aytgan Politsiya kapitani Muhammad Husayn.
Taʼkidlanishicha, portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi oʻz zimmasiga olgan.