Somalida yuk mashinasi portladi. Qurbonlar hozircha 30 kishi
Afrika qit’asidagi Somali davlatining Beleynveyn shahriga kiraverishda, nazorat-o‘tkazish manzili hududida yuk avtomobili portlab ketdi.
Natijada 30 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, o‘nlab inson jarohatlangan. Bu haqda dastlab mahalliy “Garowe” internet-portali ijtimoiy tarmoq orqali yozdi.
– Xorsed nazorat-o‘tkazish joyida xudkush-terrorchi portlovchi moddadan foydalangan holda yuk mashinasini portlatib yubordi, – deyilgan xabarda. – Bu mamlakatda o‘tgan yildan buyon kuzatilgan eng dahshatli fojia.
Qayd etilishicha, tarqalgan video lavhada hodisa yuz bergan joyga yaqin binolarga ham jiddiy ziyon yetgani aks etgan.