Somalida tinchlikparvar kuchlarining yetti nafar askari terrorchilik harakati natijasida halok bo‘ldi
Somalining janubida qo‘lbola portlatkich qurilma ishga tushirilishi oqibatida tinchlikparvar kuchlarining yetti nafar askari halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi Somali Guardian nashri.
Nashrning yozishicha, portlash shanba kuni O‘rta Shabelle hududida Maxaday shahri yaqinida sodir etilgan. Ushbu qo‘poruvchilik nishoni Afrika ittifoqi qo‘shinlarining avtokarvoni bo‘lgani, aytilmoqda.
Portlashni “Al-Qoida” terrorchi guruhi bilan aloqada bo‘lgan "Ash-Shabab" guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Terrorchilarning bayonot berishicha, Burundining yetti askari o‘ldirilgan, zerhli avtomobili yo‘q qilingan.
"Ash-Shabab" guruhi 2008 yilda AQSHning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ularga nisbatan sanksiya amal qilmoqda.