Somalida ocharchilik oqibatida 350 ming bola nobud bo‘lishi mumkin
Somalida qattiq ocharchilik hukm surmoqda.
Yaqinda BMT mazkur mamlakatga ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar o‘z vaqtida keltirilmasa sentyabr oyigacha 350 mingdan ortiq bola ocharchilik qurboni bo‘lishi mumkinligi haqida xalqaro hamjamiyatni ogohlantirdi.
BMTning Somalidagi gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Adam Abdelmulaning tarqatgan bayonotida mamlakatda gumanitar vaziyat keskin yomonlashgani aytiladi. Mamlakatda 5 yoshgacha bo‘lgan 1,5 million bola to‘yib ovqatlanmayapti.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakat aholisining yarmi, ya’ni 7,1 million somaliliklar gumanitar yordamga muhtoj. Agar beshinchi yomg‘irlar mavsumida ham yog‘ingarchilik bo‘lmasa, muammo yanada yomonlashadi.
Somali hududining qariyb 90 foizi qurg‘oqchilik iskanjasida qolgan.