Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Somalida 22 nafar bola halok bo‘ldi
11:37 / 2023-06-13

Somalining Quyi Shabelle muzofotida sodir bo‘lgan portlash 27 kishini hayotdan olib ketdi, ulardan 22 nafari yosh bola.

Mamlakat milliy axborot agentligi – SONA axborotiga ko‘ra, Murale qishlog‘ida ro‘y bergan baxtsiz hodisada 53 kishi jabrlangan. Tuman hokimiyati vakili Ibrohim Malabuning aytishicha, voqea bolalar o‘ynayotgan bog‘da sodir bo‘lgan.

Gumondagi terror tashkiloti – “Ash-Shabob” jangarilari Afrika Ittifoqi tinchlikparvar missiyasi askari tomonidan tashlangan qo‘l granatasi portlaganiga shama qilmoqda.