Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Somali tashqi ishlar vaziri o‘ziga nisbatan suiqasd uyushtirilgani haqida bayonot berdi
11:29 / 2022-04-22

Somali tashqi ishlar vaziri Abdisaid Musa Ali mamlakatning markaziy qismida joylashgan Galkayo shahrida unga suiqasd uyushtirilganini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, uning o‘zi jabr ko‘rmagan.

Vazirning mahalliy Shabelle Media Network teleradiokompaniyasiga ma’lum qilishicha, uning qarorgohiga prezident Said Deniga bo‘yso‘nuvchi Puntlend mintaqasi kuchlari hujum uyushtirgan.

Hujum oqibatida siyosatchining tansoqchilaridan biri halok bo‘lgan, shuningdek, mahalliy oqsoqol jarohat olgan.

Somali 1991 yilda diktator Said Barre rejimi qulagandan keyin yagona davlat sifatida faoliyat yuritmay qo‘ydi. Mamlakatning yagona qonuniy hokimiyati sifatida xalqaro hamjamiyat poytaxt Mogadishoni nazorat qilib turgan federal hukumatni tan oladi. Somalining qolgan qismlari xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan hukumat yoki mahalliy kuchlar nazoratida. Masalan, mamlakatning shimolida tan olinmagan Somalilend Respublikasi joylashgan, sharqda esa 1998 yilda muxtoriyatini e’lon qilgan Puntlend mintaqasi bor.