Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Somali prezidenti “Ash-Shabab” guruhiga keng qamrovli urush e’lon qildi
12:58 / 2022-08-27

Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud “Ash-Shabab” ekstremistik guruhi yaqinda poytaxt Mogadishoda Hayat mehmonxonasini garovga olganidan keyin, ularga qarshi «keng qamrovli urush» e’lon qildi, deb yozmoqda INTERFAX.RU.

Uning ta’kidlashicha, hukumat fuqarolarning kelgusida teraktlardan jabr ko‘rmasligi uchun guruhni yo‘q qilish kerak. Shu bois u mamlakat xalqini “Ash-Shabab”ga qarshi harbiy amaliyotni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

19 avgust kuni oqshom payti terrorchilar Hayat mehmonxonasiga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni 30 soat atrofida garovda ushlab turishgan edi. Hujum oqibatida 21 kishi qurbon bo‘ldi. Hukumat tomonidan o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot natijasida   106 kishi ozod qilindi. Mehmonxona binosi jiddiy ziyon ko‘rgani aytilmoqda. 117 kishi jarohat olgan. Hujum uchun javobgarlikni «Ash-Shabab» guruhi o‘z zimmasiga olgan.