Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqqa oid nizolarni ko‘rishda sud amaliyoti
08:58 / 2023-04-01

Sirdaryo viloyat sudida Oliy sud Plenumining 2023 yil 20 fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda sudlar tomonidan soliq nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Sudyalar va soliq xizmati xodimlari uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan seminar mobaynida mazkur  Plenum qarorining  mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.  Unda Oliy sud sudyalari, Soliq qo‘mitasi vakillari, Sirdaryo viloyati sudlarining iqtisodiy, ma’muriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari, shuningdek, soliq organlari xodimlari ishtirok etdi.  

Ma’ruzalarda  sudlar tomonidan soliq nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalari muhokama qilinar ekan, Oliy sud Plenumi qarorining sudlar tomonidan soliq nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida amaliyotga joriy qilingani alohida ta’kidlandi.  

Shuningdek, seminarda amaliyotdan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilish holatlari, soliq hisoblash, moliyaviy jarima va imtiyozlarni qo‘llash hamda soliq organlarining qarorlari asosida soliqlarni undirishdagi xatoliklarga oid muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Sh.Suyarov, O‘zA