2025 yil 24 oktyabrdagi Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish hamda tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish tartibini belgilaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish, soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanishini o‘rganish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash majlislari bir oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi.
O‘zA