Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi
11:22 / 2019-05-18

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan oʻtkaziladi.


Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan oʻtkaziladi.

Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (2019 yil 16 may, 410-son). Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda.

Nizomga muvofiq, import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi quyidagicha:

Davlat bojxona xizmati organlari soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarni – Davlat soliq qoʻmitasiga, soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzstandart” agentligiga bojxona rasmiylashtiruvidan keyin uch kun muddatda taqdim etadi.

Ushbu maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalari yuritiladi. Bunda maxsus dasturiy mahsulot orqali maʼlumotlar tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi (yuqori, oʻrtacha, past).

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan oʻtkaziladi.

Soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir ish kuni mobaynida talabnoma yuboriladi.

Taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-oʻrganish oʻtkaziladi.

Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar uch kundan kechiktirilmay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.