Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – muhim
13:59 / 2023-05-26

Soliq to‘lovchining asosiy majburiyatlaridan biri soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash bo‘lib, bu ishni orqaga surishga haqqi yo‘q. Soliq qarzini belgilangan muddatda to‘lamagan yoki to‘liq to‘lamagan taqdirda bu qarzni undirish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor “Suhrob” fermer xo‘jaligi hisobidan 106,7 million so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.  

Qarzdor fermer xo‘jaligi rahbari qarzdorlikni ixtiyoriy ta’minlash yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsada, soliq qarzdorliklarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.  

Shunga ko‘ra, ijro hujjati ijrosi yuzasidan olib borilgan ijro xarakatlari davomida qarzdor “Suhrob” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan “KAPTIVA” rusumli avtomashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.  

Hozirda mazkur avtomashina baholangan va auksion savdolarida sotish choralari ko‘rilmoqda.  

M.Qosimova, O‘zA