Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lang
15:42 / 2022-10-03

Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasida “Mahalliy byudjetga to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlar muddati yaqinlashmoqda” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbird dastlab joriy yilda undirilgan mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risida, soliq to‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar, oilasida nogironligi bo‘lgan, pensioner, nafaqaxo‘rlar uchun soliq qonunchiligiga kiritilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berilib, joriy yil 9 oyi davomidagi soliq undirilishi va majburiy to‘lovlar nisbati atroflicha tahlil qilindi.

Joriy yilda byudjetga undirish uchun 136 milliard 200 million so‘m mol-mulk va yer soliqlari hisoblanib, soliq miqdori o‘tgan yil(101 milliard 500 million so‘m)ga nisbatan 34 milliard 700 million so‘mga oshgan. Byudjetga jami 72 milliard 900 million so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan.

[gallery-9014]

– Sohada erishilayotgan samarali natijalar bilan birga bu yo‘nalishda hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator dolzarb vazifalar turibdi, – deydi Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov. – Bu avvalo, fuqarolarga hisoblangan mol-mulk va yer soliqlaridan mavjud qarzdorlik masalasi. bugungi kunga kelib viloyat bo‘yicha 72 milliard 700 million so‘mlik soliq qarzdorlik mavjud, shundan 23 milliard 800 million so‘mi joriy yilda hisoblangan soliqlar bo‘lsa, 48 milliard 900 million so‘mi o‘tgan yillardan kelayotgan qarzdorlikdir.

Fuqarolar egaligida bo‘lgan turar va noturar-joy ob’ektlari, yer uchastka maydonlari uchun joriy yilda hisoblangan mol-mulk, yer soliqlariga to‘lovlarni yashash joyidagi bank kassalariga, soliq inspeksiyasiga murojaat qilgan holda yoki uydan chiqmagan holda masofadan turib “Click”, “Payme”, “Soliq.uz” va boshqa onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

Matbuot anjumanida soliqlarni muddatidan avval to‘laganda soliq to‘lovchi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, majburiy to‘lovning odatiy soliq to‘lovidagi tafovutlari haqida ma’lumot berildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA