Joriy yilning 28 noyabrida “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, Soliq qo‘mitasi va moliya vazirligi taklifi asosida 2026 yil 1 yanvardan boshlab "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ billing tizimi orqali jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulk yoki yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlikni undirish mexanizmi sinovdan o‘tkaziladi.
Tizimda soliq qarzi 1 000 000 so‘mdan oshgan fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovlari cheklanishi, ya’ni agar qarzdorlik yo‘qqa chiqarilmasa, elektr uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin.
Bunday yondashuv avval chiqindilar yig‘imiga to‘lovni to‘lamagan shaxslarga qarshi qo‘llangan edi. Endilikda soliq qarzdorlariga ham shunday mexanizm joriy etiladi.
Eksperiment dastlab Namangan viloyatida 2026 yildan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan va 2026 yil 1 oktyabrga qadar natijalari asosida bunday tizimni boshqa hududlarga ham kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA