Samarqand viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati Samarqand shahridagi kichik va o‘rta biznes sub’ektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda avvalida mas’ullar tadbirkorlar uchun mavjud soliq imtiyozlari, preferensiyalar va sohaga oid yangiliklar haqida ma’lumot berdi. So‘ngra tadbirga kelgan 60 dan ziyod tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilinib, 12 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
Xususan, soliq imtiyozlaridan foydalanish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, hisobotlarni taqdim etish, markirovkalash va EXF rasmiylashtirish kabi masalalar muhokama etildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. O‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullar belgilandi.
[gallery-24804]
Uchrashuvda tadbirkorlar bir necha takliflar ham berdi. Xususan, "Dil-Rizo-Grand" MCHJ hisobchisi A.Xudoyorov “Soliq” mobil ilovasiga yangi funksiyalar qo‘shish, “shaxsiy kabinet”ga kelgan xabarnomalarni mobil ilovada ham ko‘rish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri