Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqchilar tadbirkorga ko‘makchi
17:06 / 2023-10-21

Xorazm viloyati soliq boshqarmasida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” va “Mahallada soliq organlarining faoliyati samaradorligi” mavzularida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda tadbirkorlik sub’ektlari va hisobchilarga qulaylik yaratish maqsadida 44 ta elektron davlat xizmatlari, 41 ta yangi interaktiv va axborot xizmatlari dasturlari o‘zbek tilida yaratilganligi aytildi.  

– Soliq xizmatiga ishga qabul qilish uchun nomzodlarni saralab olishda ham davlat tilini bilish shart, – deydi Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Saidov. – Shuningdek, mamlakatimizda soliq tizimida hujjatlar faqat lotin alifbosida amalga oshirilmoqda. Xorazm viloyati soliq boshqarmasida ham 2021 yil 30 iyul kunidan barcha hujjatlar lotin alifbosida amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozim, bugungi kunda soliq tizimida dasturlar, saytlar, xat yozishmalar o‘zbek tilida yaratilgan.  

[gallery-14152]

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga viloyatdagi 531 ta mahallalarga hududiy soliq organlarining 255 nafar xodimi biriktirilgani, vazifalar mahalla darajasida tashkil etilib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuzasidan manzilli ishlar boshlangani haqida ma’lumotlar berildi. Mahallalarda tashkil qilingan ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga 17,7 ming yuridik shaxslar, 2,5 ming fermerlar, 24 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar, 4,9 ming dehqon xo‘jaliklari, 124,2 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, 385,3 ming nafar yer va mol-mulk solig‘ini to‘lovchi jismoniy shaxslar hamda 28,3 ming nafar deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar biriktirib berilgan.  

Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlari zimmasiga mahalla hududidagi jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlariga birinchi navbatda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘maklashish, soliq ma’murchiligini tushuntirish, byudjetga hisoblanadigan soliqlarni o‘z muddatida jalb qilish hamda soliq bazasini kengaytirish vazifalarini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.  

– Hududlar kesimida byudjet tushumlari sentyabr oyida o‘tgan oyning mos davriga nisbatan Yangiariq tumanida 115,7 foizga, Xiva shahrida 115,5 foizga va Gurlan tumanida 113,1 foizga oshdi, – deydi viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jahonboy Rajabov. – Shuningdek, hududga chiqib daromad solig‘i to‘lovchi soni kamayib ketgan korxonalar ko‘zdan kechirilganda, viloyat bo‘yicha 3 ming 96 ta yuridik shaxslarda mavjud ishchi o‘rinlarni soliq hisobotlarida aks ettirilishi ta’minlandi. Shu kabi, hududlardagi 793 ta faoliyat yuritmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklash yoki samarasizlarini davlat reyestridan tushirish ishlari olib borildi.  

Tadbir davomida mahallada faoliyat yuritayotgan soliq xodimlarini har bir sub’ekt bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish hamda faoliyatini KPI tarzida baholab borish maqsadida Soliq qo‘mitasi tomonidan “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinganligi borasida ham ma’lumot berildi.  

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov(Surat-Video), O‘zA