French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqchilar tadbirkorga ko‘makchi
17:00 / 2022-08-24

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili hozir davlat soliq idoralari faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanmoqda.

Bu borada Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga muntazam ko‘mak berilmoqda. 

Xususan, O‘rta Chirchiqda yil boshidan hozirgacha 24 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari o‘rganildi. 534 ta korxonaga 222 million so‘mdan ziyod QQSdan mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarildi. Shuningdek, 268 ta boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolar ham o‘z yechimini topdi.  

Ayniqsa, joylarda tadbirkorlar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar va davra suhbatlarida ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, amaliy ko‘mak berilmoqda. O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan galdagi seminarda ham 34 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, faoliyatlari bilan bog‘liq savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldi.  

Viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari mazkur tumanda faoliyat olib borayotgan “Qorasuv-mebel” OK mebel ishlab chiqaruvchi va "Fresh-food pack" MCHJ lar qishloq xo‘jaligi dukkakli mahsulotlarni qayta ishlab chiqarish sexida bo‘ldi. Ushbu korxonalar 2015 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungacha 46 nafar xodimni ish bilan ta’minlagan. Tadbirkorlar bilan uchrashuvda ishni samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. 

A. Musayev,  O‘zA.