Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqchilar ko‘magida oila daromad manbaiga ega bo‘ldi
12:12 / 2022-03-22

Mamlakatimizda parranda deyarli ko‘plab xonadonlarda parvarishlanadi.

 Bu sohaning serdaromad ekanligi aholi qiziqishini oshirmoqda. Shu kunlarda jo‘ja parvarishi uchun harakatning ayni vaqti. Buni yaxshi anglagan Guliston tumanidagi "Soyibobod" mahallasida yashovchi Muhammadjon Hamroboyevlar oilasi Guliston tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ko‘magida bankdan 30 million so‘m imtiyozli kredit oldi. Oilaviy tadbirkorlikni boshlashda eng sara jo‘jalar olib kelindi. Endigina tuxumdan chiqqan polaponlarni parvarishlash uchun oila a’zolari shirin uyqudan biroz voz kechdi.

– O‘g‘lim o‘n yilga yaqin shu sohada mehnat qildi, tajriba orttirdi, — deydi oila bekasi Yulduz Hamroboyeva. – Uy sharoitida jo‘ja yetishtirishni yo‘lga qo‘yaylik deb taklif berganida avvaliga unamadim. Sababi buni mehnati va har bir jo‘jani nobud qilmasdan katta qilish oson emasligini o‘g‘limning mashaqqatli mehnatidan bilardim.

 O‘g‘limning qarori qat’iy bo‘lganidan mana shu ishlarni boshlab yubordik. Bu ikkinchi bor jo‘ja parvarishlashimiz. Birinchisida yaxshi natijaga erishgach, endi o‘zimizda ham katta qiziqish uyg‘ondi. Turmush o‘rtog‘im, o‘zim va o‘g‘lim mana hozirgi kunda 1000 dona jo‘jani boqishni boshladik. Turmush o‘rtog‘im nafaqada. O‘g‘lim ishda. Asosan bu yerda o‘zim ish yurityapman. Ishimizni boshidan buyon tumanimiz soliq inspeksiyasi xodimlari bizlarga doim ko‘maklashib kelmoqda. Yaqinda men o‘zini o‘zi band qilish tizimidan ham ro‘yxatdan o‘tdim. Nafaqa yoshimgacha zarur ish stajiga ega bo‘lishimni aytishdi. Bundan juda mamnunman.
Darhaqiqat, izlanish va mehnatdan qochmagan  insonlarning oilasi va turmushi farovon bo‘laveradi.

Sh. Suyarov, 
O‘zA.