Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi
10:07 / 2021-08-08

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbarligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan orqada qolgan mahallalar faoliyatini o‘rganib, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan edi.

Mazkur o‘rganish vaqtida Boyovut shaharchasidagi Dehqon bozori va unga yaqin savdo hamda maishiy xizmat shoxobchalarida elektr tokining kuchlanishi pastligi, bu tadbirkorlik sub’ektlariga qator muammolar tug‘dirib kelishi aniqlangan edi.

Ushbu muammo soliqchilar tomonidan qisqa muddatda hal etilib, “Ma’naviyat” mahallasidagi 160 kVA kuchlanishli transfromator o‘rniga 630 kVA kuchlanishli transformator o‘rnatilib, yuz nafar tadbirkorning elektr energiya ta’minoti yanada yaxshilandi.

Yangi transformator Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beg‘araz ajratilgan bo‘lib, o‘rnatish va tarmoqqa ulash ishlari tuman elektr ta’minoti korxonasining ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, yangi transformator yuqori kuchlanishga ega bo‘lganligi bois shu atrofdagi 82 ta xonadonning ham elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolari hal etildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA