Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili – amalda
16:40 / 2022-06-14

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida davlat soliq xizmati xodimlari “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashmoqda.

Tumandagi “Asl don” xususiy korxonasi non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerda 10 nafarga yaqin doimiy ishchi xodimlar mehnat qiladi. Tadbirkorlik sub’ektiga biriktirilgan soliq xizmati xodimi korxonaning dastlabki buxgalteriya ishlarini yuritishda hamda soliq imtiyozlari va ularni qo‘llashda yaqindan o‘rgatuvchi sifatida ko‘maklashmoqda. E’tiborlisi, buning natijasida korxona faoliyatining barqarorligi ta’minlanmoqda. 

Hududda biznes vakillarini “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Tumanda faoliyat yuritayotgan “Qorako‘l kumush kalava” korxonasi mahsulotlariga ichki hamda tashqi bozordan xaridor topish hamda yangi tarmoqlarni tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam tufayli korxona ishchilari soni 200 nafarga yaqinlashdi. 

Yaqin orada rejaga ko‘ra korxonaga chet eldan zamonaviy texnikalar olib kelinishi bilan bu yerda ishlab chiqarish hajmi va o‘z-o‘zidan ishchilar soni yana ortadi.

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan oyning o‘zida “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili doirasida tumandagi 76 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganilgan. Shundan 73 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlangan. Ularning barchasiga yo‘nalishlar kesimida belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatilgan. 

Zarif Komilov, O‘zA