Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq yukining kamayishi daromadning oshishiga xizmat qilmoqda
14:02 / 2016-01-27

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Soliq kodeksining 39 moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Soliq kodeksining 39 moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xorazmda Prezidentimizning 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda bu alohida ta’kidlandi.

Prezidentimiz rahnamoligida soliq qonunchiligi sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, ayniqsa, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda yuksak samaralar bermoqda.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda tegishli boshqarma va idoralar mas’ul xodimlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

– Joriy yilda yagona soliq to‘lovi stavkasining kamayishi hisobiga viloyatdagi mikrofirmalar va kichik korxonalar ixtiyorida 4,5 milliard so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda, – deydi Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Saidov. – Shuningdek, avtomobil xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi kichik korxonalar xodimlari soni yillik o‘rtacha 25 dan 50 nafargacha oshirilgan holda kichik biznes subyektlariga taqdim etilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish huquqi berildi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatdagi transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va mol-mulk solig‘ining regressiv stavkasini qo‘llash tartibi, jismoniy shaxslar daromadiga soliq yukini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ayrim imtiyozlar hamda to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etish bo‘yicha berilgan imtiyoz muddati 2018-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.