Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq xodimlari aholi bilan hamjihat ishlamoqda
16:29 / 2023-10-03

Toshkent viloyatida soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni mahalla darajasida tashkil etish borasida hududlardagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuzasidan manzilli ishlar tashkil etilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatdagi 1 ming 25 ta mahallaga 509 nafar soliq xizmati xodimi biriktirilgan. Endilikda ular mahallalarda soliq ma’muriyatchiligi borasida jami 14 ta yo‘nalishda ish olib boradi.

Jarayonni ko‘zdan kechirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Fayziboyev shahar va tumanlarda bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Dastlab tashkil etilgan uchrashuvda yig‘ilganlarga yangi tizimning maqsad va vazifalari tushuntirildi.

Xususan, mahallaga biriktirilgan xodim hududidagi soliq solish ob’ektlarini to‘liq hisobga oladi. Soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali shakllantirishga yordam beradi. Tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda yordam beradi va ular bilan profilaktika ishlarini olib boradi. Qo‘shimcha manbalarni aniqlash hisobiga mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirish choralarini ko‘radi.

Ayni paytda viloyatda 672 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatga olingan, yana 470 ta faoliyatini to‘xtatgan tadbirkor faoliyati qayta tiklandi. O‘z navbatida 3 ming 232 nafar norasmiy ishlayotgan fuqaro legalizatsiya qilindi. O‘z uyida daromad topayotgan 13 ming747 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

A.Musayev, O‘zA