French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki og‘irlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi
11:59 / 2023-04-27

Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Prezidentimiz qayd etganidek, bir yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo‘yicha tizimli islohotlar jadal davom ettirildi.  

Mintaqamizdagi eng qulay fiskal tizimini yaratish bo‘yicha katta o‘zgarishlarga erishildi. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirildi. Ilgari ushbu soliq stavkasi 20 foiz edi.  

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish joriy qilindi, soliq va bojxonada o‘zaro hisobga olish yo‘lga qo‘yildi. Shu paytgacha 2 ta alohida tizim orasida investorlar sarson edi.  

Bundan tashqari, xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilindi, ular uchun foyda solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushirildi.  

Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki og‘irlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.  

O‘zA