Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq to‘lash yurt taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa demakdir (+video)
20:28 / 2025-11-17

Jizzax shahrida “Mening solig‘im – yurtim iqboli!” respublika targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan zamonaviy “Ko‘k Saroy Resident City” savdo majmuasida katta qiziqish bilan kutib olindi.

Aksiyaning aynan shu maskanda tashkil etilgani bejiz emas, albatta. Yangi savdo majmuasi allaqachon viloyat biznes muhitiga kuchli turtki beruvchi, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiruvchi muhim nuqtaga aylanib ulgurdi.

3,5 gektar maydonni qamrab olgan ushbu majmuada 300 dan ortiq do‘kon, ovqatlanish maskanlari, 30 dan ortiq attraksion, bolalar o‘yingohlari va 20 ga yaqin zargarlik do‘konlari faoliyat yuritmoqda. Bir vaqtning o‘zida 800 ta avtomashina uchun mo‘ljallangan avtoturargoh esa mehmonlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Majmua faoliyatga tushishi bilan 500 dan ortiq yangi tadbirkorlik sub’ekti vujudga keldi, 850 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

[gallery-26293]

Tadbir davomida soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar va aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, soliq tizimidagi yangiliklar, qo‘llanilayotgan imtiyozlar va qulay mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

— Aksiyaning asosiy maqsadi – fuqarolarga soliq to‘lash majburiyatdan ko‘ra yurt taraqqiyotiga qo‘shilayotgan shaxsiy hissa ekanini chuqur anglatishdir, — deydi Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Bobir Ismoilov. — Biz halol soliq to‘lovchilarni e’tirof etib, ularga rag‘bat ko‘rsatish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va soliq idoralari hamda aholi o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashni maqsad qilganmiz.

Aksiya orqali aholida soliqni o‘z vaqtida to‘lash madaniyatini oshirish, mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish, hudud rivoji uchun barqaror moliyaviy asos yaratish ko‘zda tutilgan. Yaqin vaqtlarda majmuaning ikkinchi bosqichi — “Eko bozor” qurilishiga ham start berilshi rejalashtirilgan.

Tadbirda san’atkorlarning chiqishlari, viktorinalar, sovg‘alar va bayramona ruh ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi. Zero, “Mening solig‘im – yurtim iqboli!” — faqat shior emas, balki yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat, fidoyilik va o‘zaro hamjihatlik ramzidir.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hV-LMeJu9uw" title="Jizzaxda “Mening solig‘im – yurtim iqboli!” aksiyasiga keng qiziqish" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdujalol Qayumov (video, surat), O‘zA muxbiri